O‘zbekiston va Rossiya parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15-oktabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahriga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning o‘ninchi majlisida ishtirok etadi.
Majlisda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, taʼlim, qishloq xo‘jaligi, turizm va gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi vakillari va Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi rahbarlari bilan uchrashuvlarini o‘tkazish hamda Tatariston Respublikasining zamonaviy texnologik infratuzilmalari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.