Valyuta kurslari 09/02/2026
$1 – 12303.16
UZS – 0,19%
€1 – 14507.89
UZS – -0,0%
₽1 – 159.76
UZS – 0,32%
Qidirish
O‘zbekiston va Rossiya hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi va 2026 yilga rejalarni belgilab oldi

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi va 2026 yilga rejalarni belgilab oldi

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi va 2026 yilga rejalarni belgilab oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘tgan yildagi ikki tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, 2026 yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zbek-rossiya munosabatlarining asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha barqaror ijobiy rivojlanish surʼatini qayd etdilar.

Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshgani taʼkidlanib, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 11 foizga o‘sgani qayd etildi.

Joriy yilda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalarning sermazmun kun tartibiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling