Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Turizm 27/06/2025 O‘zbekiston va Reuters Events xalqaro maydonda turizmni rivojlantirishga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Reuters Events xalqaro maydonda turizmni rivojlantirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev London shahrida “Reuters Events” agentligining Hamkorliklar bo‘yicha direktori Lena Mas bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning turizm va barqaror rivojlanish hamda global iqtisodiyot mavzulariga bag‘ishlangan yirik xalqaro forumlar va sammitlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va xalqaro maydonda taqdim etishning yangi yo‘llari, xorijiy hamkorlar va investorlar bilan samarali aloqalar o‘rnatish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. 

Shuningdek, “Reuters Events” agentligi tomonidan tashkil etilayotgan global miqyosdagi anjumanlarda O‘zbekistonning ishtiroki orqali turizm sohasidagi yutuqlarimizni jahon hamjamiyatiga namoyon etish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling