O'zbekiston va Qozog'iston temir yo'l hamkorligini kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilish to‘g‘risidagi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamiyat boshqaruv raisi Z.Narzullayev boshchiligida qo‘shni davlatlar temir yo‘l sohasi vakillari bilan samarali hamkorlik qilib kelinmoqda.
Bugun,“Qazaqstan temir jo‘li” Milliy kompaniyasi”ning ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha direktori Baurjan Urinbasarov boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan o‘tgan uchrashuvda bunga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Muzokalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, yuk va yo‘lovchi poyezdlar qatnovini bundanda ko‘paytirish maqsadida, “Oq ko‘prik” stansiyasida 3 ta yangi temir yo‘l qurilgani ta'kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuk poyezdlarini ko‘proq qabul qilish va jo‘natish hajmini oshirish, mijozlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.