Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat xavfsizligi yo‘lida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilamoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat xavfsizligi yo‘lida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilamoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat xavfsizligi yo‘lida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida ikki qardosh davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor Markaziy Osiyo mintaqasida 2030-yilgacha yagona axborot platformasini shakllantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga qaratildi. Ushbu platforma mintaqa mamlakatlariga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, zaxira qilish va taqsimlash jarayonlarini samarali muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, tomonlar seleksiya va chorva mollari naslchiligi sohasida tajriba almashish hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Bu yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, genetik salohiyatni oshirish hamda yuqori mahsuldor zotlarni yetishtirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Muloqot davomida, shuningdek, organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, moyli ekinlar yetishtirish va ularni qayta ishlash, shuningdek iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Zero, O‘zbekiston va Qozog‘istonning agrar sohadagi strategik hamkorligini mustahkamlashi butun mintaqaning oziq-ovqat barqarorligi va ekologik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling