Valyuta kurslari 20/10/2025
$1 – 12108.24
UZS – -0,43%
€1 – 14169.06
UZS – -0,07%
₽1 – 149.10
UZS – -3,13%
Qidirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro ishbilarmonlik hamkorligini mustahkamlashda davom etmoqda: Toshkentda keng ko‘lamli biznes-forum bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro ishbilarmonlik hamkorligini mustahkamlashda davom etmoqda: Toshkentda keng ko‘lamli biznes-forum bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro ishbilarmonlik hamkorligini mustahkamlashda davom etmoqda: Toshkentda keng ko‘lamli biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 20-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vazirligi ko‘magida O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes-forumi tashkil etildi.

Tadbirda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari hamda biznes doiralardan 100 dan ortiq vakillar ishtirok etdi. Jumladan, “QazTrade” AJ, “Kedentransservis” AJ, “iMas Group”, “Jain Labo”, “Tazau”, “Medial Group”, “Asyl Dan Trade”, “StalTsink”, “Telli Ondiris”, “Sagintay”, “Muranu”, “Empire Food”, “Zhaik Electric”, “Hi-tech Building”, “Aral Quartz” va “Teplomart” kabi kompaniyalar qatnashdi.

Forum ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Aydar Abildabekov murojaat qilib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalardagi sezilarli o‘sishni ta’kidladi va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga intilayotganliklarini qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida o‘zaro savdo hajmi 3,5 milliard AQSh dollarini (+16%) tashkil etgan bo‘lib, shundan O‘zbekiston eksporti 1,1 milliard dollar (+7%)ni tashkil etdi. O‘zbekistonda 1157 ta qozog‘istonlik korxona faoliyat yuritmoqda, shulardan 876 tasi to‘liq qozog‘iston kapitaliga ega, 281 tasi esa qo‘shma korxona hisoblanadi.

Forum davomida O‘zbekiston va Qozog‘istonning iqtisodiy salohiyati keng yoritildi, investitsiya imkoniyatlari taqdim etildi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida davlat va biznes vakillari o‘rtasida (G2B) muzokaralar, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, aniq loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi. Forum yangi hamkorlik loyihalarini shakllantirish, tajriba almashish va biznes aloqalarini o‘rnatish uchun samarali maydon bo‘ldi.

Forum yakunida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, infratuzilma qurilishi hamda agro-sanoat majmuasi yo‘nalishlarida kelishuvlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lib, ikki tomonning integratsion jarayonlarni rivojlantirish va biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi umumiy maqsadlarini aks ettirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling