Valyuta kurslari 26/02/2026
$1 – 12137.10
UZS – -0,42%
€1 – 14307.21
UZS – -0,42%
₽1 – 158.53
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o’rtasidagi kosmik hamkorlik mustahkamlanmoqda

 O‘zbekiston va Qozog‘iston o’rtasidagi kosmik hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston o’rtasidagi kosmik hamkorlik mustahkamlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari hamda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda kosmik sohadagi mavjud aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv davomida “Oʻzbekkosmos” agentligi va Qozog‘iston Respublikasining Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi Aerokosmik qo‘mita o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari ham ko’rib chiqildi. 

Shuningdek, 7-9-sentabr kunlari Ostona shahrida o‘tkaziladigan “Space Days Kazakhstan” tadbirida ishtirok etish uchun “O‘zbekkosmos” agentligi delegatsiyasi rasman taklif etildi. 

Uchrashuv davomida “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromi majmuasida turizm yo‘nalishini rivojlantirish, kosmik ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling