Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 05/06/2025 O‘zbekiston va Qozog‘iston “Navoiy” chegara postidagi tirbandliklarni birgalikda bartaraf etadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston “Navoiy” chegara postidagi tirbandliklarni birgalikda bartaraf etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Navoiy" chegara bojxona postida O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari mas’ullarining sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sayyor uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasidan Bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari G‘.Nasirov va Qozog‘iston Respublikasi Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Q.Jumakulov ishtirok etdi.

Shuningdek, uchrashuvda Rais o‘rinbosari O.Choriyev hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Q.Umarov ham qatnashdi.

Tomonlar asosiy e’tiborni shu kunlarda o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida kuzatilayotgan yengil avtotransport vositalari tirbandligini tezkor bartaraf etishga qaratishdi.

Mintaqa davlatlari o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik hamkorlik va tashqi savdo aloqalarining kengayishi natijasida so‘nggi 5 yilda ikkala davlat o‘rtasida harakatlanayotgan avtotransport vositalari hamda yo‘lovchilar soni 2 barobarga oshgan.

Birgina "Navoiy" chegara bojxona posti orqali sutkasiga 40 ming nafarga yaqin fuqarolar va 2 mingga yaqin yengil avtotransport vositalari harakatlanmoqda.

Tomonlar tirbandlikni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha kuch va vositalarni safarbar etishga kelishib olishdi.

Shuningdek, “Navoiy” chegara bojxona postida chiqish yo‘nalishida yengil avtomobillar harakati kamligi sababli ushbu yo‘nalish orqali O‘zbekistonga kirishdagi yengil avtomobillarning (reversiv) harakati yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 4 iyun soat 20.25 holatiga ko‘ra, hozirda mazkur postda tirbandlik to‘liq bartaraf etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling