O‘zbekiston va Qirg‘iziston tibbiy buyumlarni hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Bishkek” erkin iqtisodiy zonasi hududida tibbiy buyumlarni qo‘shma tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbek-Qirg‘iz rivojlanish jamg‘armasi (O‘QRJ) xabar berdi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi hamda jamg‘arma vakillari uchrashuvida muhokama qilindi. Ishlab chiqarish quvvatlari «Sanrayd» kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi. Mahsulotning asosiy isteʼmolchilari Qirg‘izistonning tibbiyot muassasalari — shifoxonalar va poliklinikalar bo‘ladi.
O‘QRJ loyihani moliyalashtirish shartlarini ishlab chiqish va investitsiya jalb etish bo‘yicha maslahat yordamini ko‘rsatadi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston va Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash sohasida 14 ta qo‘shma loyihani amalga oshirmoqda.