Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Moliya 16/08/2025 O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro pensiya to‘lovlari mexanizmini kelishib oldilar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro pensiya to‘lovlari mexanizmini kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Bitim hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Maʼmuriy Kelishuv loyihalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 11-14 avgust kunlari Toshkent shahrida Pensiya jamg‘armasi rahbariyati va Qirg‘iziston Respublikasi Ijtimoiy jamg‘arma vakillari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Bitim hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Maʼmuriy Kelishuv loyihalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori M.Atadjanov, Qirg‘iziston Respublikasi Ijtimoiy jamg‘armasi direktori o‘rinbosari G.Djumatayeva hamda tomonlardan soha mutaxassislari o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston pensiya taʼminoti tizimi, asosiy vazifa va maqsadlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida suhbatlashildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Bitim hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Maʼmuriy Kelishuv loyihalari muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir so‘ngida kelgusida ham o‘zaro muloqotni davom ettirish, pensiya taʼminoti bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish hamda uni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling