Valyuta kurslari 29/05/2025
$1 – 12831.13
UZS – -0,43%
€1 – 14542.80
UZS – -0,56%
₽1 – 161.07
UZS – 0,12%
Qidirish
O‘zbekiston 28/05/2025 O‘zbekiston va Qatar yoshlarni ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qatar yoshlarni ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 26-27-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Qatar davlatida amaliy tashrif bilan bo‘lib, Qatar hukumati va jamoatchilik institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Tashqi ishlar vazirligi, Qatar taraqqiyot jamg‘armasi, Qatar xayriya tashkiloti, Vaqf ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi, Doha fan va texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va yoshlar malakasini oshirish sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligini e’tirof etib, kelgusida ushbu sohalarda tajriba almashish va hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi mustahkam sheriklikni yana bir bor tasdiqladi va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling