Valyuta kurslari 14/07/2025
$1 – 12615.07
UZS – -0,15%
€1 – 14754.59
UZS – -0,45%
₽1 – 162.02
UZS – -0,22%
Qidirish
Turizm 14/07/2025 O‘zbekiston va Qatar turizm sohasida investitsion hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qatar turizm sohasida investitsion hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev “RETAJ GROUP” kompaniyasi raisi, “Arab turizmni rivojlantirish fondi” raisi o’rinbosari, Qatar mehmonxonalar assotsiatsiyasi a’zosi Shayx Naif Iyd Muhammad Soniy Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, xususan, O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy va ziyorat yo‘nalishlarini Qatar bozorida targ‘ib qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Qatar kompaniyalarining sarmoyalarini O‘zbekiston turizm infratuzilmasiga jalb etish, jumladan, xalqaro darajadagi mehmonxonalar qurish va mavzuli sayyohlik majmualarini barpo etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shayx Naif Iyd Muhammad Soniy Ol Soniy O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini, boy madaniy va ma’naviy merosini yuqori baholab, qatarlik sayyohlarning Markaziy Osiyoga qiziqishi tobora ortib borayotganini ta’kidladi. U Qatar ishbilarmon doiralari va o‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatilishiga ko‘maklashishga tayyorligini izhor etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turizm va investitsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling