Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston va Qatar sarmoya va savdo sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qatar sarmoya va savdo sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qatar sarmoya va savdo sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Qatar Davlati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Oʻzbekiston tomondan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Qatar tomondan esa tashqi savdo boʻyicha davlat vaziri doktor Ahmad bin Muhammad Al Said hamraisi sifatida boshchilik qildilar.

Yig‘ilishda savdo, investitsiyalar, bank sohasi, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, transport, turizm va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Natijada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sheriklikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha aniq choralarni nazarda tutuvchi komissiyaning ikkinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.

Tomonlar qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil qilish, infratuzilmani rivojlantirish hamda “yashil” energetika va raqamli iqtisodiyot sohalarida qatar kapitalining ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Hozirda Qatarning kompaniyalari O‘zbekistonda 2,4 milliard dollar miqdoridagi loyihalarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, energetika, logistika, geologiya, IT va sog‘liqni saqlash sohalarida umumiy qiymati 7,6 milliard dollarlik 28 ta investitsiya tashabbuslari portfeli shakllantirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling