O‘zbekiston va Qatar mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 29 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Qatar tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Sulton al-Murayxiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar o‘zaro aloqalar kun tartibida turgan dolzarb mavzular, bo‘lajak muhim tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilib, xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashdilar.