Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Polsha Respublikasi parlamenti Senati Emigratsiya ishlari va xorijdagi polyaklar bilan aloqalar komissiyasi raisi Bogdan Borusevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Polsha  o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat xalqlarining tarixiy do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida parlamentlararo hamkorlik asosida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish, Yevropa Ittifoqi bozorlariga milliy mahsulotlar eksportini kengaytirish, savdo uylarini tashkil etish, shuningdek, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, taʼlim va hududlararo hamkorlik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan Polsha fuqarolariga nisbatan o‘zbek xalqi tomonidan ko‘rsatilgan mehr-oqibat va mehmondo‘stlik alohida qayd etildi. Mamlakatimiz hududida dafn etilgan polyaklar xotirasi eʼzoz bilan yodga olindi.

Bogdan Borusevich Ikkinchi jahon urushi davrida polyak xalqiga ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami hamda yurtimizdagi polyaklar qabristonlariga qaratilayotgan eʼtibor va olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari uchun o‘zbek xalqiga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling