Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 06/05/2025 O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 6-may kuni Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Polsha Respublikasi parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida o‘zaro tajriba almashishni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi parlamentlararo muloqot izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlandi. Parlamentlardagi do‘stlik guruhlarining faoliyatiga, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi sifatida parlament delegatsiyalarining muntazam tashriflari almashinuviga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, oliy taʼlim, madaniyat, turizm, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi hamkorlikning mustahkam ikki tomonlama asoslarini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar talabalar o‘rtasida tajriba almashish, mutaxassislarning malakasini oshirish masalalari, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma taʼlim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha parlamentlararo aloqalarni muntazam ravishda davom ettirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling