Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
O‘zbekiston va Polsha farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Polsha farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Polsha farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 4 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Polsha delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibiga Polsha farmatsevtika sanoatining yetakchi kompaniyalari “Polpharma”, "Adamed Pharma" va “Biofarm” vakillari kirdi.

Uchrashuvda farmatsevtika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va bozordagi narx siyosatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Polsha tomoni O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun muhim bo‘lgan xalqaro standartlar joriy etilayotganini alohida taʼkidladi. Ular, xususan, WLA (World Listed Authority) recognition tizimining joriy etilishini katta qadam sifatida baholadilar va bu yangilik Polsha kompaniyalarining O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish bo‘yicha qiziqishini yana-da oshirganini bildirdi.

Ushbu tizimning amaliyotga kiritilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishi va eksport salohiyatini kuchaytirishi qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda referent narxlar siyosati, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda farmatsevtika sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.

Polsha kompaniyalari O‘zbekiston farmatsevtika bozorida o‘z faoliyatini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion texnologiyalar va taʼlim sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv ochiq va samarali muhitda o‘tdi. Tomonlar farmatsevtika sohasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash, yangi investitsiya yo‘nalishlarini ochish hamda ikki mamlakat farmatsevtika sanoatlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling