Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
O‘zbekiston va Polsha farmatsevtika sohasida ilmiy-tadqiqot va investitsiya loyihalari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Polsha Respublikasining Mazoviya voyevodaligi marshali Adam Struzik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzolari “Tashkent Pharma Park” loyihasi, tadbirkorlar uchun imkoniyatlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Muloqot chog‘ida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik;

Qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari;

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarda tajriba almashish;

Polsha delegatsiyasi taqdimot uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling