O‘zbekiston va Pokiston tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 17-sentabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining sanoat va ishlab chiqarish bo‘yicha maxsus yordamchisi Xarun Axtar boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, vazirlik departament hamda boshqarma boshliqlari, Pokiston Islom Respublikasi hukumati delegatsiyasi ishtirok etdilar.
Muloqot davomida O‘zbekiston – Pokiston aloqalari izchil rivojlanayotganligi, xususan kon-geologiya sohasida qimmatbaho va rangli metallar, shuningdek, sanoat uchun muhim minerallar yo‘nalishida hamkorlik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashinildi.