O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, strategik sheriklikni chuqurlashtirish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotgani, oliy va yuqori darajadagi muloqotlar izchil yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy umumiylikni inobatga olgan holda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Ahmad Farg‘oniyning boy ilmiy-ma’rifiy merosini birgalikda o‘rganish, ikki mamlakat diplomatik akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, noyob asarlarni tarjima qilish loyihasini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Toshkent, Islomobod va Lahor shaharlarida madaniy tadbirlarni izchil o‘tkazib borish, Buxoro va Lahor o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik aloqalarini faollashtirishga kelishib olindi.