Valyuta kurslari 25/11/2025
$1 – 11988.32
UZS – 0,14%
€1 – 13822.53
UZS – 0,18%
₽1 – 152.02
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yangi loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yangi loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yangi loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov Pokistondan tashrif buyurgan Moeed‘s Industries (Pvt) Ltd bosh direktori Muxammad Ishoq hamda Sarhad Board and Chemicals (Pvt) Ltd bosh ijrochi direktori Malik Sadjad Gul Ava bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarish va investitsion hamkorlik yo‘nalishlaridagi imkoniyatlarni muhokama qildi.

Pokistonlik mehmonlar nutratsevtika, qog‘oz-karton, kimyo va qadoqlash materiallari yo‘nalishida 30 yillik tajribaga ega sanoat guruhi sifatida O‘zbekistonda qator loyihalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdilar.

Delegatsiya tashrif davomida Namangan, Andijon, Xorazm va Toshkentdagi sanoat hamda farmatsevtika korxonalarida bo‘lib, mavjud imkoniyat va sharoitlarni o‘rgandi. Ayniqsa, qog‘oz ishlab chiqarish sohasida hamkorlikka yuqori qiziqish bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar umumiy loyihalarni amaliyot bosqichiga olib chiqish, tegishli idoralar bilan qo‘shma ishchi guruh tashkil etish va muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling