Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
O'zbekiston va Pokiston o'rtasida sanoat kooperatsiyasini jadallashtirish mexanizmlari kelishib olindi

O'zbekiston va Pokiston o'rtasida sanoat kooperatsiyasini jadallashtirish mexanizmlari kelishib olindi

O'zbekiston va Pokiston o'rtasida sanoat kooperatsiyasini jadallashtirish mexanizmlari kelishib olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston sanoat va ishlab chiqarish vazirining birinchi o'rinbosari Saif Anjum bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida Pokiston tomoni O'zbekiston Hukumatiga tashrif davomida ko'rsatilgan samimiy mehmondo'stlik hamda delegatsiya faoliyatiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

15-19-sentyabr kunlari Bosh vazir maxsus yordamchisi Harun Axtar Xan boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahrida qator rasmiy uchrashuvlar o'tkazgani, O'zbekiston Bosh vaziri, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlari rahbariyati bilan samarali va aniq maqsadga yo'naltirilgan muzokaralar olib borgani ta'kidlandi.

Pokiston delegatsiyasi, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan "Tashkent Pharma Park" innovatsion farmatsevtika klasteri va Toshkent shahridagi "Tashkent Technopark" texnoparki, Surxondaryo va Buxorodagi infratuzilmaviy jihatdan tayyor bo'lgan erkin iqtisodiy va sanoat zonalari, Samarqanddagi to'qimachilik va gilam ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishgani qayd etildi.

Mazkur tashrif natijalarining amaliyotga joriy etish, ikki davlat Yetakchilari tomonidan o'zaro iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha berilgan aniq vazifalarning o'z vaqtida va samarali ijrosini ta'minlashning muhimligiga urg'u berildi.

Tomonlar ushbu vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish maqsadida har bir yo'nalish bo'yicha mutasaddi vazirlik va idoralar o'rtasida onlayn muloqotlar tashkil etishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, o'zaro hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo'yicha "yo'l xaritasi" doirasidagi boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham amaliy hamkorlikni tizimli ravishda yo'lga qo'yish va har oy muvofiqlashtiruvchi virtual uchrashuvlar o'tkazib borish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling