Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ilk charter yuk reysi amalga oshirildi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ilk charter yuk reysi amalga oshirildi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ilk charter yuk reysi amalga oshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida oziq-ovqat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning 12-mart kuni ilk charter yuk reysi amalga oshirildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 21:10 da Lahordan uchib kelgan "Boeing 737" havo kemasida "Toshkent" xalqaro aeroportiga oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, 17 tonna go‘sht yetkazib berildi.

Mazkur loyiha doirasida kelgusida yuk tashish hajmini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilmoqda. Istiqbolda bu ko‘rsatkichni bitta reysda 100 tonnagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, ilk yuk reysi kelgusida yuqori sig‘imdagi yuk parvozlarini amalga oshiradigan "Air Speed Charter" aviakompaniyasi tashabbusi bilan Pokistonning "Air Eagle" aviakompaniyasi tomonidan bajarildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling