O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida yangi investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida yangi investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning Pokiston Islom Respublikasiga xizmat safari doirasida 2026 yil 3 fevral kuni Karachi shahrida “Nabiqasim Industries” hamda “PharmEvo” kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida Pokiston tomoni bilan farmatsevtika sohasida rivojlanib borayotgan hamkorlik doirasida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, shuningdek, "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasterida ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston hududida qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va o‘zaro hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish yuzasidan kelishib oldilar.