O‘zbekiston va Pokiston charm sanoati bo‘yicha aloqalarni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Pokiston charm sanoati bo‘yicha aloqalarni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi A. Sultanov Pokiston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida "Hawk Fire Industries"korxonasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv charm xomashyosini qayta ishlash va eksport yo‘nalishidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston charm xomashyosini Pokiston bozoriga yetkazib berish, shuningdek, tayyor charm mahsulotlari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar mahsulot sifati, yetkazib berish hajmlari va logistika masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda eksport shartnomalarini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.