Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 O‘zbekiston va Pharmaniaga Berhad halol insulin ishlab chiqarishni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Pharmaniaga Berhad halol insulin ishlab chiqarishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Malayziyaning "Pharmaniaga Berhad" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Pharmaniaga Berhad - 1994 yilda tashkil etilgan. Kompaniya davlat va xususiy sektorda keng ko'lamli tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Pharmaniaga faoliyati farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdosini ham o'z ichiga oladi.

Uchrashuvda halol insulin ishlab chiqarish, farmatsevtika mahsulotlarining chakana savdosi, O‘zbekistondagi hamkorlar bilan tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling