O‘zbekiston va “Perspektywy Women in Tech” jamg‘armasi STEM sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Perspektywy Women in Tech jamgʻarmasi rahbari Bianka Sivińska bilan samarali uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda “Women in STEM” kabi loyihalarni Oʻzbekistonda kengroq yoʻlga qoʻyish, oliy va kasbiy taʼlim muassasalarida mentorlik dasturlari tashkil etish hamda ayol tadqiqotchilar uchun grant va stipendiyalar taqdim etish yoʻnalishini yanada takomillashtirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, tomonlar 2026-yilda Oʻzbekistonda Oʻzbekiston va Polsha rektorlari III Forumini oʻtkazish haqida kelishib oldilar. Bu tadbir ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.