Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Palo Alto Networks hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi

O‘zbekiston va Palo Alto Networks hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi

O‘zbekiston va Palo Alto Networks hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov boshchiligidagi delegatsiya AQShning yirik va yetakchi AT kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish hamda elektron hukumat va telekommunikatsiya sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish maqsadida Nyu-York shahrida va Kaliforniya shtatida bir nechta uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, “Palo Alto Networks” kompaniyasi NetSec yo‘nalishi prezidenti Kumar Ramachandran bilan uchrashuvda tarmoq texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Raqamli hukumat” tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida “Palo Alto Networks” texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

– axborot tizimlari va resurslarining auditi va zaifliklarni tekshirish (Pentesting);

– davlat sektori va sanoat tarmoqlarini uslubiy ta’minlash;

– “Raqamli hukumat” tizimining axborot xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling