Valyuta kurslari 09/07/2025
$1 – 12712.09
UZS – 0,28%
€1 – 14927.81
UZS – 0,36%
₽1 – 162.64
UZS – 1,0%
Qidirish
Iqtisod 04/07/2025 O‘zbekiston va Ozarbayjon qishloq xo‘jaligidagi hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon qishloq xo‘jaligidagi hamkorlik kengaytiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov qator tashkilot vakillari, jumladan, AzerSun Holding boshqaruv kengashi raisi Ahmed Gyozal bilan uchrashdi. 

Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

AzerSun Holding — Janubiy Kavkaz mintaqasidagi eng yirik va nufuzli agrosanoat hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Holding qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, qadoqlash, logistika, moliya va investitsiya sohalarida faoliyat yuritadi. Bugungi kunda kompaniya tarkibida 30 dan ortiq korxona va zavodlar mavjud bo‘lib, minglab ish o‘rinlari yaratilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va zamonaviy ishlab chiqarish tajribalarini o‘zaro tatbiq etishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Hozirda ushbu yo‘nalishlarda muzokaralar davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling