Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 02/07/2025 O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlararo komissiyasi faoliyati yo‘lga quyilmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlararo komissiyasi faoliyati yo‘lga quyilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi doirasida ikki mamlakat parlamentlari do‘stlik guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda parlamentlar o‘rtasida qabul qilingan hamkorlik hujjatlarining ijrosi, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Jumladan, qo‘mitalar qonun ijodkorligi, parlament nazorati doirasida o‘zaro tajriba almashish, hududiy vakillik organlari bilan faol muloqotlarni yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, yosh parlament aʼzolari o‘rtasida ham hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Muzokaralar chog‘ida, ayniqsa, parlament guruhlarining samarali faoliyati qayd etilib, o‘zaro aloqalarni O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlararo komissiyasi darajasida yana-da faollashtirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling