Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Ozarbayjon kapital bozorlari va kriptoaktivlar sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Ozarbayjon kapital bozorlari va kriptoaktivlar sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Ozarbayjon kapital bozorlari va kriptoaktivlar sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) va Ozarbayjon Respublikasi Markaziy banki kapital bozori, sug‘urta bozori hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohalarida rivojlantirish, tartibga solish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikka doir O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum taraflar vakolatlari doirasida o‘zaro hamkorlikning uzoq muddatli va barqaror platformasini shakllantirish, shuningdek tajriba va axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hujjat xalqaro tadbirlar, seminarlar, forumlar va treninglarni tashkil etish, onlayn uchrashuvlar va qisqa muddatli o‘quv safarlarini o‘tkazish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek tegishli sohalarda qonunchilik va statistik maʼlumotlar almashish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida innovatsion moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, moliyaviy inklyuzivlik va operatsion samaradorlikni oshirish, shuningdek fintex-kompaniyalarni tartibga solish va yangi moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Memorandumning imzolanishi taraflarning O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasida zamonaviy moliyaviy bozorlarni rivojlantirish hamda institutsional hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro manfaatdorligini aks ettiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling