Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
O‘zbekiston va Ozarbayjon Bokuda turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Ozarbayjon Bokuda turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Ozarbayjon Bokuda turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Boku shahrida o‘tkazilayotgan II O‘zbekiston–Ozarbayjon mediaforumi doirasida ikki mamlakat turizm sohasi vakillari uchrashuv o‘tkazdi.

Forum ishtirokchilari dastlab Ozarbayjonning buyuk davlat va siyosat arbobi Haydar Aliyev xotirasini yod etib, uning qabriga gul qo‘yish marosimida qatnashdilar. 

Tadbir davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi turizm aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, sayyohlik yo‘nalishlarini targ‘ib qilishda media sohasida hamkorlik qilish, birgalikda reklama kampaniyalari va multimedia mahsulotlarini yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi ozarbayjonlik hamkorlarini joriy yilda Toshkentda o‘tkaziladigan “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etishga taklif etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling