Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
O‘zbekiston va OTB Toshkentda transportni raqamlashtirish va yashil mobillikni rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va OTB Toshkentda transportni raqamlashtirish va yashil mobillikni rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va OTB Toshkentda transportni raqamlashtirish va yashil mobillikni rivojlantirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri o‘rinbosari Ilxomjon Abdug‘afarov Osiyo taraqqiyot bankining vitse-prezidenti Inmin Yang bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasini raqamlashtirish, Toshkentda yashil mobillikni rivojlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini jalb etgan holda pullik yo‘llarning me’yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqishda texnik ko‘mak ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shu bilan birga logistika sohasidagi hamkorlikning turli shakllari, jumladan, Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yangi temir yo‘l koridori bo‘ylab multimodal tashuvlar va konteyner infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

OTB vitse-prezidenti Inmin Yang Transport vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yuqori baholab, amalga oshirilayotgan loyihalarning strategik ahamiyatini alohida ta’kidladi.

OTB tomoni o‘zaro muloqotni davom ettirish va kelgusida qator tashabbuslar bo‘yicha texnik va maslahat yordamini ko‘rsatishdan manfaatdorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling