Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
O‘zbekiston va OTB hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi

O‘zbekiston va OTB hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi

O‘zbekiston va OTB hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Osiyo Taraqqiyot banki" va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan plogging tashkil etildi. Unda 50 dan ortiq soha xodimlari faol qatnashdi. Plogging doirasida Toshkent dengizi sohili bo‘yi 300 kgdan ortiq chiqindilardan tozalanib, maxsus texnika yordamida bartaraf etildi.

Mazkur eko-tadbir "Xalqaro sohillarni tozalash" haftaligi doirasida o‘tkazildi. U dunyodagi yirik ijtimoiy harakatlardan biri bo‘lib, suv havzalari bo‘yini muhofaza qilish va tozalash maqsadida amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun: Osiyo Taraqqiyot bankiga 69 ta davlat aʼzo bo‘lgan. O‘zbekiston bilan 1996 yildan buyon hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birgalikda hozirgacha 117 ta loyiha amalga oshirilgan. Loyihalarning barchasida ekologik va gender tenglik hamda "yashil iqtisodiyot" mezonlariga ustunlik talab etiladi. Bu esa o‘zaro hamkorlik mustahkamligi va umumiy taraqqiyot maqsadlar yakdilligining isbotidir.

Shu kuni soha xodimlari uchun hamkorlikda o‘zaro tajriba almashish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi. Jarayonda ekologiya, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish bo‘yicha yangi fikrlar, innovatsion va samarali yechimlar muhokama qilindi, — deb xabar beradi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling