Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
Iqtisod 19/08/2025 O‘zbekiston va OTB davlat xaridlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini yaratadi

O‘zbekiston va OTB davlat xaridlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini yaratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 15-avgust kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat xaridlari siyosati departamenti direktori Sarvar Nazarov hamda Osiyo taraqqiyot banki davlat xaridlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Julian Dozchi hamda AQSHning “Charles Kendall Consulting” kompaniya direktori Skot Diken o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda davlat xaridlari sohasida mutaxassislarni professional kasbiy o‘qitish orqali tayyorlash va muntazam ravishda malakasini oshirish bo‘yicha tegishli tizim yaratish yuzasidan qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Dastlabki bosqichda, mamlakat kesimida davlat xaridlari mutaxassisligiga mavjud qiziqish va ehtiyoj, o‘quv markazlar va mentorlar salohiyati tahlil qilishga qaratilgan o‘rganishlar tashkil etilishi qayd etildi.

Shu bilan birga mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish va ularni o‘quv muassasalar o‘quv dasturlariga kiritish belgilandi.

Bundan tashqari o‘qitish jarayonida sertifikatsiyalash masalasi muhim ahamiyat kasb etishi bildirildi. Bunda, sertifikatsiya orqali mutaxassislar malakasini baholash metodologiyasini hamda ushbu vazifani amalga oshirishda vakolatli organ belgilanishi e’tirof etildi.

Shu o‘rinda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazda mutaxassislarni professional darajada o‘qitish orqali tayyorlash, malakalarini oshirib borish, shuningdek sertifikatsiyalash jarayonini tashkil etish taklif etildi.

Uchrashuv doirasida “Ishchi guruh vakillari shakllantirilib, guruh a’zolariga yil yakuniga qadar loyihani amalga oshirishda ustuvor vazifalar hamda joriy qilishda zarur chora-tadbirlar belgilab o‘tildi.

Bunda, davlat xizmati klassifikatoriga “davlat xaridchi”si kasbini kiritish kabi masalalar o‘rin oldi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari tahlil qilindi va kelgusida mazkur yo‘nalishlarda muzokaralarni davom etish yuzasidan kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling