Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki konchilik sanoatini barqaror rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki konchilik sanoatini barqaror rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki konchilik sanoatini barqaror rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova hamda vazirlik mutasaddilari, tarmoq korxonalari mas’ullari ishtirokida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJda  MHXS S1 (barqaror rivojlanish sohasida moliyaviy maʼlumotlarni ochiqlash) hamda MHXS S2 (iqlim bilan bogʻliq maʼlumotlarni ochiqlash) hisobotlarini pilot tarzida ishlab chiqilayotganligi yuqori baholandi.

Shu bilan birga, Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan togʻ-kon sanoati korxonalarida dekarbonizatsiya loyihalarini “Iqlim investitsiya fondi” (CIF) hisobidan moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, soha korxonalarida uglerodni ushlash va saqlash bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling