Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
O‘zbekiston va O‘mon ishbilarmon ayollari hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston va O‘mon ishbilarmon ayollari hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston va O‘mon ishbilarmon ayollari hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘mon Sultonligining taklifiga binoan joriy yil 25–28 fevral kunlari Masqat shahrida bo‘lib o‘tgan O‘mon–O‘zbekiston ishbilarmon ayollari biznes-forumi ikki mamlakat tadbirkor ayollari uchun o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Forum yakunlariga ko‘ra, tadbirkor ayollar o‘rtasida 9 ta hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Ushbu samarali hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 20 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–O‘mon tadbirkor ayollar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova, O‘mon delegatsiyasi rahbari Funun Hospitality and Project Management LLC kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Siham bint Ahmad al-Harsiya, O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy, shuningdek ikki mamlakatning 100 dan ortiq faol tadbirkor ayollari ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston va O‘monning investitsiyaviy va eksport salohiyati, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, forum davomida B2B va G2B formatlarida uchrashuvlar tashkil etildi, unda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzishning amaliy jihatlarini batafsil muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Tashrif doirasida iqtisodiy aloqalarining mustahkamlanishida faol ishtirok etgan “Miss Lighting” MCHJ korxonasi hamda “Nova School” xususiy maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda o‘rnatilgan kelishuvlarni yana-da mustahkamlash maqsadida Biznes sayohat tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling