O‘zbekiston va Oman Investment investitsion hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va "Uzbek-Oman Investment Company" Bosh ijrochi direktori Omar Bahram o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi.
Tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning hozirgi holatiga, shuningdek, istiqboldagi rejalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xususan, sanoat, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa ustuvor yo'nalishlar bo'yicha yangi investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.