Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va NVIDIA sunʼiy intellekt loyihalarini muhim tarmoqlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va NVIDIA sunʼiy intellekt loyihalarini muhim tarmoqlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va NVIDIA sunʼiy intellekt loyihalarini muhim tarmoqlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratov hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A. Azizov dunyoning yetakchi texnologiya ishlab chiqaruvchisi — NVIDIA kompaniyasi vitse-prezidenti Kalista Redmond bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

NVIDIA kompaniyasi AQSHda joylashgan bo‘lib, sunʼiy intellekt va grafik protsessorlar sohasida jahon bozorining yetakchisi hisoblanadi. Kompaniyaning yillik daromadi 60 milliard AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi va uning yechimlari turli tarmoqlarda — sog‘liqni saqlash, sanoat, energetika, transport hamda ilmiy tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi.

Suhbat davomida O‘zbekistonda sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, to‘qimachilik, konchilik, mashinasozlik va sog‘liqni saqlash sohalarida ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Tomonlar ushbu tarmoqlarda ustuvor loyihalarni aniqlash va ularni amalga oshirish orqali global miqyosda tan olinishiga erishish yuzasidan kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling