Valyuta kurslari 17/09/2025
$1 – 12285.16
UZS – -0,48%
€1 – 14514.92
UZS – 0,09%
₽1 – 148.62
UZS – -0,72%
Qidirish
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston junni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston junni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston junni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va Moʻgʻuliston qishloq xoʻjaligi vazirligi boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda junni qayta ishlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi. Shuningdek, Oʻzbekiston korxonalari bilan sohada mutaxassislar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish masalasi koʻrib chiqildi.

Moʻgʻuliston tomoni Oʻzbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, xom ashyo bazasi, soliq va bojxona imtiyozlari bilan yaqindan tanishdi.

Oktabrda Toshkentda boʻlib oʻtadigan “UzCharmExpo-EurAsia-2025” xalqaro koʻrgazmasida Moʻgʻuliston kompaniyalaridan iborat delegatsiyaning ishtirokini taʼminlash masalalari kelishib olindi.

Muloqotda ikki tomon hamkorlikni yoʻlga qoʻyish haqida memorandum imzolandi. Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston hududida moʻgʻul qoʻylaridan olinadigan jundan kalava ip ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, “Gobi” va boshqa xalqaro brendlar uchun xom ashyo bazasi hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratiladi.

Taʼkidlash joiz, ushbu kelishuv jun va undan qoʻshilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida ikki davlat uchun yangi yoʻnalish ochadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling