Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 18/06/2025 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston geologiya, metallurgiya va yashil energetika sohalarida hamkorlikni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston geologiya, metallurgiya va yashil energetika sohalarida hamkorlikni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 18-iyun kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari U. Yusupov Moʻgʻulistonning “Steppe Kuper” kompaniyasi vitse-prezidenti Badarch Enxbat hamda kompaniya rahbari maslahatchisi Ochir Ochirjav bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Kon-geologiya vazirligiga qarashli korxonalar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, metallurgiya sanoati, qayta tiklanuvchi energetika yo‘nalishlari hamda “Uzbek Overseas Geology Company” MChJning Moʻgʻulistondagi vakolatxonasi faoliyati boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling