Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
O‘zbekiston va Meta inklyuziv raqamli iqtisodiyot va xavfsiz sun’iy intellekt modellarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Meta inklyuziv raqamli iqtisodiyot va xavfsiz sun’iy intellekt modellarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Meta inklyuziv raqamli iqtisodiyot va xavfsiz sun’iy intellekt modellarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Meta kompaniyasining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha davlat siyosati direktori Sarim Aziz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Meta vakili kompaniyaning mintaqadagi faoliyati haqida ma’lumot berdi hamda raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, ma’lumotlar xavfsizligi va inklyuziv raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarida hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida vazir o‘rinbosari “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi doirasidagi maqsadlar, jumladan, AT xizmatlari eksporti yo‘nalishida AQSH kompaniyalari bilan olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. 

Shuningdek, AT ta’lim yo‘nalishlari, “One Million AI Prompters” dasturlari, xorijiy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan “Zero Risk” dasturi haqida ma’lumot berildi.

Meta vakillari O‘zbekistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarini yuqori baholab, mamlakat kompaniyalari uchun jahon bozorlariga raqamli kanallar orqali chiqish imkoniyatlari kengayayotganini ta’kidladilar. Shu bilan birga, ochiq innovatsion muhit yaratish va sun’iy intellektga oid tajribalarni yanada oshirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda axborot xavfsizligi, ma’lumotlar himoyasi, sun’iy intellekt modellarining ochiq va xavfsiz rivojlanishi masalalari ham muhokama qilindi.

Meta kompaniyasi ta’lim sohasida ham qator tashabbuslarni taqdim etdi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekiston universitetlari bilan hamkorlikda stipendiya va pilot loyihalar tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni sun’iy intellekt, AT ta’lim va raqamli iqtisodiyot sohalarida kengaytirish, shuningdek, akademik amaliyot dasturlari va tadqiqotlar yo‘nalishida aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling