Valyuta kurslari 28/01/2026
$1 – 12128.02
UZS – 0,25%
€1 – 14419.00
UZS – 0,46%
₽1 – 158.52
UZS – -0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Malayziya  o‘rtasidagi parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda

O‘zbekiston va Malayziya  o‘rtasidagi parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatda  O‘zbekiston va Malayziya parlamentlarining yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyalarning uchrashuvi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi faol va ochiq muloqot O‘zbekiston–Malayziya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlashda parlamentlarning o‘rni muhim ekani alohida taʼkidlandi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Malayziya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi izchil kengayib borayotgani taʼkidlandi.

Ikki tomonlama munosabatlarni yanada faollashtirish va parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling