Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
O'zbekiston va Limak Holding qo'shma investitsiya loyihalari istiqbollarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va Limak Holding qo'shma investitsiya loyihalari istiqbollarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va Limak Holding qo'shma investitsiya loyihalari istiqbollarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vazirligida Turkiyaning yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan “Limak Holding” vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJning mas’ul vakillari, shuningdek, “Limak Holding” kompaniyasi vakillari – Mutlu Uğur Akçay (“Limak İnşaat” kompaniyasi direktori), Fatih Tonoğlu (“Limak İnşaat” kompaniyasi loyiha direktori) hamda Dursun Özsaraç (“Dolsar Engineering” kompaniyasi loyiha direktori) ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va “Limak Holding” o‘rtasida hamkorlik istiqbollari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar hamda investitsiya tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar istiqbolda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalarni tahlil qilib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirish yuzasidan kelgusida ham faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling