Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Latviya transport, logistika va savdo sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Latviya transport, logistika va savdo sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Latviya transport, logistika va savdo sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Palata Raisi maslahatchisi Alisher Shayxov Latviya Respublikasi Transport vaziri Atis Shvinka bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar transport va logistika sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, Latviyaning Liyepaya, Riga va Ventspils portlari hamda temir yo‘l yo‘nalishlaridan foydalanish orqali yuk tashish hajmini oshirish va o‘zbek mahsulotlarini Yevropa hamda Skandinaviya bozorlariga yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Yevropa standartlariga moslashish va sertifikatlashtirish jarayonlarida Latviya amaliy ko‘makka tayyorligini bildirdi. Bu o‘zbek kompaniyalari uchun yangi bozorlarga chiqishda vaqt va mablag‘ni tejash imkonini yaratadi.

Uchrashuvda kimyo, neft-kimyo, meva-sabzavot, quritilgan meva, elektrotexnika va mebel sanoatida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish ham muhokama qilindi.

Alohida qayd etilgan masalalardan biri – Toshkent–Riga aviaqatnovlari, elektron tijorat va Latviyani mintaqaviy e-commerce markazi sifatida foydalanish imkoniyatlari bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat biznes aloqalarini mustahkamlash, eksport salohiyatini oshirish va yangi imkoniyatlarni ochishda o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling