O‘zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirlari mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashdilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Latviya munosabatlarining ijobiy dinamikasini muhokama qildilar va siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Uchrashuvda mintaqaviy va global vaziyatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot, o‘zaro hurmat va zamonaviy xalqaro muammolarni yengish uchun yechimlarni birgalikda izlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.