O‘zbekiston va KUVO mahalliylashtirish va investitsiya istiqbollarini ko‘rib chiqadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Belarusiyaning “KUVO” kompaniyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“KUVO” – Belarus va MDHdagi yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri bo‘lib, turli transport vositalari uchun keng assortimentdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Muzokaralar davomida mashinasozlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, avtobuslar uchun ko‘p qavatli shisha, panoramali va buriluvchi oynalar, shuningdek, transport vositalari uchun yassi va egri temperlangan shishalar ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmlarini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirar ekan, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar. Shu munosabat bilan, lokalizatsiya tashabbuslarini baholash maqsadida texnik va iqtisodiy ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.