Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Koreya bilan  parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar 2025-yil dekabr oyida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Shik boshchiligidagi parlament delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi  ustidan parlament nazoratini olib borish yuzasidan kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling