O'zbekiston va John Deere qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va John Deere qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va John Deere qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov AQShning "John Deere" kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Peter Zakse bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar amalga oshirilayotgan va istiqboldagi loyihalarni barqaror hamda samarali moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, xalqaro moliya institutlari, yetakchi banklar va investitsiya jamg‘armalari mablag‘larini jalb etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilinib, bu borada o‘zaro manfaatli yechimlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, hamkorlik doirasini kengaytirish, ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni mamlakatimiz agrar tarmog‘iga joriy etish, innovatsion yechimlardan samarali foydalanish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Tomonlar mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish, bilim va tajriba almashuvini kuchaytirish hamda qo‘shma loyihalarning amaliy samaradorligini ta’minlash muhimligini alohida ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish va aniq loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling