O‘zbekiston va JBIC yashil iqtisodiyot va infratuzilma sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishni maqsad qilgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 12-iyun kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Hayashi boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda JBICning Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Ken Imai hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, vazir maslahatchisi Jasur Karshibayev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
JBIC (Japan Bank for International Cooperation) – Yaponiya hukumati tasarrufidagi moliyaviy institut bo‘lib, xalqaro miqyosda yapon kompaniyalari bilan hamkorlikda iqtisodiy hamda infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishga ixtisoslashgan. 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaponiya eksportini jadallashtirish va xalqaro faoliyatni rivojlantirishga faol hissa qo‘shmoqda. JBIC umumiy aktivlari 150 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi (2023-yil).
Muzokaralar davomida tomonlar mamlakatimizdagi iqtisodiy jarayonlar, jumladan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, infratuzilma loyihalarini jadallashtirish, IT, sun’iy intellekt va kichik biznes sohalarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda yangi zamonaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar davlat-xususiy sheriklik (DXSH) dasturlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda DXSH loyihalarini jadallashtirish va samarali amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi:
Zamonaviy yo‘llar barpo etish.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash hamda belgilangan maqsadlarga erishishda tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.